Lyubinko Drulovich bilan shartnomani uzaytirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLyubinko Drulovich
Lyubinko Drulovich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Tokio olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagan edi.

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Ertaga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Lyubinko Drulovich o‘rtasidagi shartnoma o‘z nihoyasiga yetadi. O‘FA xorijlik mutaxassisning vakolatini uzaytirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.

Uzbekistan i Saudovskaya Araviya segodnya poborutsya za vixod v final ChA U-23 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston OTJ Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy berdi

Lyubinko Drulovich 2019-yildan buyon O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Joriy yilning  25 yanvar kuni Tailandda o‘tgan futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati—2020 musobaqasida uchinchi o‘rin uchun o‘yinda O‘zbekiston jamoasi avstraliyaliklarga mag‘lub bo‘lgan edi. Bu O‘zbekistonni Tokio-2020 yo‘llanmasidan mahrum etdi.

Yangiliklar lentasi
0