Isroil Madrimovning navbatdagi jangi aniq bo‘ldi

© NOK UzbekistanaIsroil Madrimov provedot boy na znamenitoy arene "Medisson Skver Garden"
Isroil Madrimov provedot boy na znamenitoy arene Medisson Skver Garden - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur jang 29-fevral kuni AQShning Texas shtatidagi Frisko shahrida bo‘lib o‘tadi. Madrimovning navbatdagi raqibi tajribali ring faxriysi ekanligi aytilmoqda.

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov 29-fevral kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasida yozib qoldirgan.

Mazkur jang AQShning Texas shtatidagi Frisko shahrida bo‘lib o‘tadi. Biroq Madrimov jangni kimga qarshi o‘tkazishiga oydinlik kiritmagan.

Publikatsiya ot Israil Madrimov (@israil_madrimov)

fightnews.info nashri xabariga ko‘ra, Madrimovga 40 yoshli ring faxriysi kolumbiyalik Charlz Navarro raqiblik qiladi. Jang 10 raundga mo‘ljallangan.

Madrimovning raqibi Navarro professional boksda hozirgacha 38 marotaba ringga ko‘tarilgan. Janglarning 29 tasida g‘alabani qo‘lga kiritgan va 22 tasida raqibini nokaut holatiga tushirgan. Shuningdek, u 9 marotaba mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov o‘tgan yilning 5-oktabr kuni meksikalik raqibi Alexandro Barrera yer tishlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0