O‘zbekistonlik beshinchi marta Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘ldi

© NOK UzbekistanaUzbekistanes Elmurat Tasmuradov v patiy raz zavoyeval zolotuyu medal chempionata Azii
Uzbekistanes Elmurat Tasmuradov v patiy raz zavoyeval zolotuyu medal chempionata Azii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili Jasurbek Ortiqboyev (-55 kg) va Elmurat Tasmuradov (-63 kg) finalgacha yetib kelishdi.

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik kurashchi Elmurat Tasmuradov beshinchi marta Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar qildi.

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili Jasurbek Ortiqboyev (-55 kg) va Elmurat Tasmuradov (-63 kg) finalgacha yetib kelishdi.

“Ortiqboyev hal qiluvchi bellashuvda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Elmurat Tasmuradov esa finalda koreyalik Jingsu Songga hech qanday imkoniyat qoldirmadi”, - deyilgan xabarda.

Shu tariqa Elmurat Tasmuradov Tokio-2020 litsenziati 5 karra Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0