Bo‘stonliqda veloshosse bo‘yicha xalqaro turnir boshlandi

© MinsportaSorevnovaniya po velosportu v Bostanlike
Sorevnovaniya po velosportu v Bostanlike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Veloshosse bo‘yicha musobaqada respublikaning barcha hududlaridan hamda xorijiy davlatlardan kelgan velopoygachilar ishtirok etadi.

TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Bugun Bo‘stonliqda veloshosse bo‘yicha xalqaro turnir boshlandi. Ushbu musobaqada bir qator xorij davlaridan kelgan iqtidorli sportchilar kuch sinashadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Musobaqa 24 - 28-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. 25-fevral kuni ushbu musobaqaga rasman start berilib, sportchilar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi aylanma magistral yo‘li bo‘ylab aylanishadi.

Musobaqada bir qator xorijiy davlatlardan kelgan, shu bilan birga respublikaning barcha hududlaridan veloshosse bo‘yicha saralab olingan mahalliy sportchilar qatnashishmoqda.

Bugun musobaqa ishtirokchilari kutib olinib, tadbirga tayyorgarlik ko‘rish ishlari yakunlandi.

Xalqaro turnir g‘oliblari medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0