Eldor Shomurodov A Seriyada debut qildi

© Genoa CFCEldor Shomurodov debutiroval v matche mejdu "Djenoa" i "Veronoy"
Eldor Shomurodov debutiroval v matche mejdu Djenoa i Veronoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasi tarixida asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘zbekistonlik ilk futbolchi bo‘ldi.

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 4-turida “Jenoa” va “Verona” o‘zaro to‘qnashdi.

Ushbu o‘yinda genuyaliklar safida o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov debut uchrashuvini o‘tkazdi.  U A Seriya tarixida asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘zbekistonlik ilk futbolchi bo‘ldi.

Asosiyda tarkibda maydonga tushgan Eldor 63-daqiqada zaxiraga olindi. Uchrashuvda esa hisob ochilmadi.

Ushbu durangdan keyin “Jenoa” A Seriya turnir jadvalida 11-o‘ringa ko‘tarilgan.

Klub keyingi turda “Inter”ga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov yozgi transferlar oynasi vaqtida “Rostov”dan italyan klubiga o‘tgan edi.

Yangiliklar lentasi
0