MC Doni Buxoroda suratga olgan klip yashin tezligida ommalashmoqda

Obuna bo‘lish
MC Doni (Dostonbek Islomov)ning "Jin" klipi You-Tube kanaliga qo‘yilganidan keyin bir necha soat ichidayoq 65 ming martadan ortiq tomosha qilindi

TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Timati boshchilik qiladigan Black Star leybli ishtirokchisi farg‘onalik MC Doni Buxoroda "Jin" qo‘shig‘i uchun klip suratga oldi.

Klipda shaharning ko‘rinishi, sharqona muhit, ko‘chalar, bozor va hattoki yaqindagina paydo bo‘lgan uchar darvish ham mohirona ko‘rsatib berilgan. Klip ijodkorlari uni suratga olishda yordam bergan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga minnatdorlik bildirishdi.

MC Doni o‘z faoliyatini Timati uchun bek-MC sifatida boshlagan, lekin yakkaxonlik faoliyatida ajoyib natijaga erishgan.

Uning muallifligidagi "Ti takoy" klipi You-Tubeda rus tilidagi kontent ichida eng ko‘p 160 million marta ko‘rilgan. Natali bilan aytilgan bu duet Muz-TV 2016 mukofotiga nomzod etib ko‘rsatilgan.

Yangiliklar lentasi
0