Toshkent MDHdagi sayohat uchun ommabop shaharlar o‘nligidan joy oldi

© IBCMejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente
Mejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turistlar o‘rtacha uch kunga kelishadi va yotoq hamda yeb-ichish uchun kuniga 65 dollar atrofida pul sarflashadi

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Toshkent MDH mamlakatlaridagi sayohat uchun eng ommabop shaharlar o‘nligiga kirdi. Bu haqda Turstat tahliliy agentligi xabar qildi.

O‘zbekiston o‘tgan yili rossiyaliklar eng ko‘p sayohat qilgan mamlakatlar ro‘yxatiga kirdi

Agentlikning bildirishicha, turistlar o‘rtacha uch kunga kelishadi va yotoq hamda yeb-ichish uchun kuniga 65 dollar atrofida pul sarflashadi.

Eng arzon shaharlar borasida Kishinyov va Toshkent yetakchilik qilmoqda, Ostona va Boku esa “lyuks” toifasida dam olish uchun mos shaharlar deb e’tirof etildi.

Bu yil bahorda eng ommabop MDH shaharlari ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Minsk (Belarus).

2. Ostona (Qozog‘iston).

3. Boku (Ozarbayjon).

4. Yerevan (Armaniston).

5. Almati (Qozog‘iston).

6. Toshkent (O‘zbekiston).

7. Kishinyov (Moldova).

8. Bishkek (Qirg‘iziston).

9. Dushanbe (Tojikiston).

10. Ashxobod (Turkmaniston).

Yangiliklar lentasi
0