O‘zbekistonga kelayotgan rus turistlari soni ortib bormoqda

Obuna bo‘lish
Joriy yilning yanvaridan sentabr oyigacha O‘zbekistonga 360 ming nafar Rossiya fuqarosi kelgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 90 ming kishiga ko‘proq degani.

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. 2018 yilning to‘qqiz oyi mobaynida O‘zbekistonga 360 mingga yaqin rossiyalik tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 90 ming kishiga ko‘proq demakdir, deb xabar qildi RATA Rossiya sanoat ittifoqi.

Anna Vech na italyanskom ostrove Sardiniya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonni turizm makkasiga aylantirish uchun nima qilish kerak

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun kamida beshta sabab bor, bular — aviaqatnov taraqqiyoti, a’lo darajadagi infratuzilma, mazali milliy taomlar, til bo‘yicha to‘siqlar mavjud emasligi va yuqori darajadgi xavfsizlik.

"Gap nafaqat turistlar haqida bormoqda, balki umuman, sayyohlar oqimi ham o‘smoqda. Biz Rossiya fuqarolarining mamlakatimiz tarixiga va madaniyatiga samimiy qiziqishini ko‘rapmiz", - deydi elchi.

Gastronomik turizm bo‘yicha O‘zbekiston Fransiyadan o‘zib ketdi˃˃˃

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turistlik sohani yaxshilash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Birinchi navbatda viza berish tartibi osonlashtirildi. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekistonda turistlar oqimining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga, yangi zamonaviy mehmonxona va xostellar qurilib, barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0