YuNESKO O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning yuragi deb atadi

© NuzUZSkulpturnaya kompozitsiya "Karavan na Velikom shelkovom puti"
Skulpturnaya kompozitsiya Karavan na Velikom shelkovom puti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Madridda FITUR-2019 sayyohlik ko‘rgazmasi doirasida “Ipak yo‘li – tinchlik va mustahkam sayyohlik uchun” nomli anjuman bo‘lib o‘tdi.

TAShKENT, 28 yanv — Sputnik. Shaharlari Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan O‘zbekiston Markaziy Osiyoning yuragi, dedi YuNESKOning “Buyuk Ipak Yo‘li” loyihasi rahbari Xose Mario Chikilo, uzbekistan.travel xabariga asosan.

“O‘zbekiston bizning loyihada ishtirok etayotgan davlatlar orasida namunali davlatdir. Ushbu mamlakat hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan barcha choralar dunyo hamjamiyati oldida mamlakat imidjiga ijobiy ta’sir qilmoqda”, - dedi Xose Mario Chikilo.

Xose Mario Chikilo, shuningdek, O‘zbekiston nafaqat turizm sohasida, balkim demokratiyalashtirish jarayonida ham oldinga qadam tashlayotganini va yaqin kelajakda Markaziy Osiyo geosiyosatida muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.

Ispaniyadagi ko‘rgazmaga tashrif buyurgan O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” hamda Madriddagi O‘zbekiston elchixonasi vakillar kirgan.

Yangiliklar lentasi
0