Buxorodagi Shuxov minorasi turistlar uchun ochildi

© GoskomturizmBashnya Shuxova v Buxare otkrita dlya turistov
Bashnya Shuxova v Buxare otkrita dlya turistov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoroda mashhur arxitektor va ixtirochi Vladimir Shuxov loyihasi bo‘yicha qurilgan qadimiy suv minorasi endi turistlar tomoshagohiga aylandi.

TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Buxoroda 1920-yillarda arxitektor shahar aholisini suv bilan ta’minlash uchun qurilgan suv bosimi minorasi endi turistlar tomoshagohiga aylandi, deb xabar qilmoqda Davlat turizm qo‘mitasi.

Promo-rolik goroda Buxari dlya mejdunarodnogo prodvijenie strani - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro ziyoratchi-turistlar uchun qaytadan kashf etiladi

Turizm qo‘mitasi xabarida aytilishiga ko‘ra, minoraning birinchi qavatida kafe va axborot markazi, ikkinchi qavatida restoran va uchinchi qavatida tomosha maydonchasi barpo etiladi.Minora ustiga chiiish qulay bo‘lishi uchun uning yonida kichik lift ham qurilgan. 

Ushbu minora salkam 100-yil oldin mashhur ixtirochi va arxitektor Vladimir Shuxov loyihasi bo‘yicha qurilgan. Minoraning ustki qismi  giperboloid shaklida tutashtirilgan yuzlab ingichka temir bo‘lalaridan tashkil topgan.

Shaharning qoq o‘rtasida, Ark qalasi darvozasining qarshisida joylashgan balandligi 33 metrli minora haqiqatdan ham turistlar uchun qiziqarli tomosha maydonchasiga aylanishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0