Markaziy Osiyo motosiklchilari O‘zbekistonda motomavsumni ochib beradilar

© Sputnik / /Ramiz BaxtiyarovMotoshou v Tashkente v chest otkritiya novogo sezona
Motoshou v Tashkente v chest otkritiya novogo sezona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bil vibran, v svazi aktivnoy pozitsiyey gosudarstva po razvitiyu turizma, zainteresovannosti i podderjke so storoni Goskomturizma v provedenii dannogo meropriyatiya.

TOShKENT, 18 apr - Sputnik. To‘rtinchi may sanasida O‘zbekistonda Markaziy Osiyo motomavsumi ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Markaziy Osiyo motosiklchilari ilk marotaba mavsum ochilishini birgalikda yangi format va ko‘lamda o‘tkazadilar. Ushbu ramziy voqelikni Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Rossiyadan bo‘lgan havaskor va professional motohaydovchilar qo‘llab-quvvatladilar.

Otkritie novogo motosezona v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda motomavsum ochilish tadbiridan video lavha

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda bu tadbir o‘tkazilishi  - mamlakatda turizmni rivojlantirish, sayyohlar uchun qiziqarli tadbirlar sonini ko‘paytirish tashabbusi bilan bog‘liq.

Ya’ni tadbir tashabbuskorlari O‘zbekistonni gastronomik jihatdan ko‘rsatibgina qolmay, mamlakatni zamonaviy va jadalliy bilan rivojlanayotgan, boy tarixga va yirik turistik salohiyatga ega, barcha turdagi sayyohlar, shu jumladan, moto-turistlar uchun ham qiziqarli bo‘lgan davlat sifatida namoyish qilishni maqsad qilganlar.

Motofestivalga "Milliy" stadioni oldida 4-may kuni soat 8.30da start beriladi, so‘ngra 11.30da NEXT ko‘ngilochar savdo-majmuasi avtoturargohida katta motoshou bo‘lib o‘tadi, festival Chorvoqdagi "Piramida" dam olish zonasiga marsh-brosok bilan yakunlanadi.

Yangiliklar lentasi
0