"Issiq-Ko‘l" bir qadam: Toshkent va Bishkek 27-iyundan charter reyslarni ishga tushirmoqda

© Sputnik / Tabildi KadirbekovPlyaj Issik-Kulya
Plyaj Issik-Kulya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi Qirg‘iziston elchixonasi Toshkentda Issiq-Ko‘l taqdimotini o‘tkazdi

TOShKENT, 31-may - Sputnik. Toshkent-Tomchi-Toshkent to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslari joriy yil 27-iyundan boshlab A-320 avialaynerida amalga oshiriladi. 2019-yilgi yozgi dam olish mavsumini 5-sentabrda yakunlash rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi kuni kecha O‘zbekiston poytaxtida o‘tkazilgan "Issiq-Ko‘l-2019" taqdimoti marosimida O‘zbekistondagi Qirg‘iziston elchisi Ibragim Junusov. 

Poyezd - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent - Issiqko‘l yo‘nalishidagi poyezdga chipta narxlari ma’lum qilindi

Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabari asosida.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston elchixonasi va O‘zbekistondagi mutasaddi idoralar tomonidan o‘zaro turistik oqimni kuchaytirish uchun bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilgan va bugungi kunda yaqin kelajakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olingan.

Xususan, joriy yil 6-iyun sanasidan Toshkent-Bishkek-Baliqchi-Bishkek-Toshkent temir yo‘l qatnovi ishga tushiriladi. Ayni damda dam olishga yo‘l olgan fuqarolarga qulaylik yaratish uchun chegara nazorati vaqtini poyezd harakatlanayotgan vaqtda o‘tkazish evaziga qisqartirish masalalari ustida ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, joriy yil yozgi turistik mavsumda Toshkent-Bishkek-Cho‘lpon-Ota-Issiq-Ko‘l va Bishkek-Toshkent avtobus qatnovini ishga tushirish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. O‘sh-Toshkent-O‘sh aviareysi ishga tushirilishi jarayonida, O‘sh-Andijon-O‘sh, O‘sh-Farg‘ona-O‘sh xalqaro avtobus reyslarini qayta tiklash masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda, dedi Junusov.

Ozero Issik-Kul - Sputnik O‘zbekiston
"Xudo bergan joy": o‘zbekistonliklar Issiq-Ko‘lga poyezdda borishlari mumkin bo‘ladi

Qirg‘iziston elchisi 2017-yilda mamlakatga O‘zbekistondan 380 ming nafar turist kelgan bo‘lsa, 2018-yilda bu ko‘rsatkich 3 milliondan oshib, o‘zbekistonlik sayyyohlar hatto rossiyalik turistlarni son jihatdan ortda qoldirganiga e’tibor qaratdi. Ikki davlat o‘rtasida avia, poyezd va avtobus qatnovlarining yo‘lga qo‘yilishi davlatlar o‘rtasidagi turistik oqimni yanada oshirishga ajoyib zamin bo‘lib xizmat qiladi, dedi diplomat.

Junusov o‘z so‘zi yakunida yuqoridagi ishlar ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi ochiq, do‘stona muloqot, O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklikning rivojlanayotgani, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar yo‘lga qo‘yilib, savdo-iqtisodiy hamkorlik, madaniy-gumanitar aloqalar kengaytirilgani evaziga amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0