Buxorodagi Poi Kalon ansambli “ShHTning 8 mo‘’jizasi” ro‘yxatidan joy oldi

Obuna bo‘lish
Poi Kalon me’moriy ansambli Minorai Kalon atrofidagi hududni o‘z ichiga oladi.

TOShKENT, 13 avg - Sputnik. Buxorodagi Poi Kalon ansambli “ShHTning 8 mo‘’jizasi” ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar qildi.

Turisti osmatrivayut mavzoley Gur Emira v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev “Turizm to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

Poi Kalon me’moriy ansambli Minorai Kalon atrofidagi hududni o‘z ichiga oladi. Kompleks XII-XIV asrlarda 3 binodan iborat: Minorai Kalon, Masjidi Kalon va Mir Arab madrasasi. Minorai Kalon 1127-yilda Arslon xon tomonidan bunyod etilgan bo‘lib, deyarli 900-yil davomida ta’mirlanmagan. Uning balandligi 46,5 metrni tashkil qiladi. 

Masjidi Kalon – Samarqanddagi “Bibixonim”dan keyin Markaziy Osiyoda kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi masjid. Ubaydullaxon hukmronligi davrida, qoraxoniylar masjidi o‘rnida qurilgan. Qurilish ishlari 1514-yilda yakunlangan. Mir Arab madrasasi Ubaydullaxon hukmronligi davrida, 1535-1536 yillarda qad ko‘targan. Masjid ancha katta bo‘lib, 111 ta hujra va 2 zalni o‘z ichiga olgan.

Yangiliklar lentasi
0