Mehmonxona va restoranlarda 5-sentabrga qadar chegirmalar e’lon qilindi

© SputnikBuxara, stariy gorod
Buxara, stariy gorod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mustaqillik bayrami munosabati bilan 200ta mehmonxona, 100dan ortiq restoran va transport vositalarida chegirmalar e’lon qilindi.

TOShKENT, 27 avg - Sputnik. O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi 5-sentabrga qadar, mehmonxona, restoran va transport vositalarida chegirmalar e’lon qildi.

“Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston mustaqilligining 28-yilligi munosabati bilan  joriy yilning 5-sentabr kuniga qadar yurtimizdagi 200 ga yaqin joylashtirish vositalari (mehmonxonalar va oilaviy mehmon uylari), 80 dan ortiq transport vositalari (avtobus, mikroavtobus va yengil avtomobillar) hamda 110 dan ortiq umumiy ovqatlanish shoxobchalari (kafe, restoranlar va b.) uchun chegirmalar joriy etilganligini ma’lum qiladi”, - deyilgan xabarda.

Biroz oldin, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi 2020-yilga qadar O‘zbekistonga vizasiz kelishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni 85taga yetishini e’lon qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0