Samarqandda uzunligi 5,5 kilometr bo‘lgan osma yo‘l loyihasi taqdim etildi

© Commons.wikimedia / KoberKanatnaya doroga
Kanatnaya doroga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Italiya kompaniyasi Samarqand markazidan o‘tuvchiosma yo‘l loyihasini taqdim etdi. Osma yo‘l shahar markazidan o‘tgan bo‘lib, unda 3ta bekat bo‘ladi.

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Transport vaziri Ochilboy Ramatov va viloyat hokimi Erkinjon Turdimovlarga 17-sentabr kuni taqdim etilgan loyihaga ko‘ra, Samarqandda osma ko‘prik qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida Zarafshon nashri xabar qilmoqda.

© Zarnews.uz / Baxtiyor MustanovV Samarkande predstavili proyekt kanatnoy dorogi
Samarqandda uzunligi 5,5 kilometr bo‘lgan osma yo‘l loyihasi taqdim etildi - Sputnik O‘zbekiston
V Samarkande predstavili proyekt kanatnoy dorogi

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, osma yo‘l uzunligi o‘rtacha 5,5 kilometrni tashkil etadi. Osma yo‘l Samarqandning qadimiy va mashhur yodgorliklari hamda Afrosiyob qadimiy shahar qoldiqlari ustidan o‘tadi.

Osma yo‘lda uchta stansiya mavjud bo‘ladi, kabinalar soni 90 bo‘lishi, harakat tezligi 22 km/soat bo‘lishi aytib o‘tilgan. Kabinada sayr qilish narxi – 3ming so‘m bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu loyiha sohaning yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan Italiyaning Leitner Ropeways kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.

Yangiliklar lentasi
0