O‘zbekiston sayohat qilish uchun eng yaxshi bo‘lgan joylar reytingiga kiritildi - LP

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishTuristi fotografiruyutsya u mavzoleya Gur-Emir i usipalnisi Tamerlana v Samarkande
Turisti fotografiruyutsya u mavzoleya Gur-Emir i usipalnisi Tamerlana v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lonely Planet navbatdagi Best in Travel sayyohat qilish uchun eng yaxshi joylar reytingini e’lon qildi.

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Lonely Planet navbatdagi Best in Travel sayyohat qilish uchun eng yaxshi joylar reytingini e’lon qildi.

Turizm mavsumida “Registon” majmuasi yarim tungacha ishlaydi

Reyting 4 ta (10 ta davlat, hudud, shahar va eng foydali taklif) toifaga bo‘lingan.

Hududlar toifasi bo‘yicha birinchi o‘rinni O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston hududidan o‘tgan - Buyuk ipak yo‘liga berildi.

Nashr yozishicha, bu hududlar sayyohlar orasida tobora ko‘proq qiziqish uyg‘otmoqda va Ipak yo‘li orqali elektron viza yoki umuman vizasiz o‘tish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagandi. Hujjat bilan 2020-yil 1-yanvardan boshlab 20 ta mamlakat fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etiladi.

Vizasiz rejim joriy qilingan davlatlar: Antigua va Barbuda, Barbados, Beliz, Grenada, Dominikan Respublikasi, Meksika, Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika, Kuba, Nikaragua, Panama, Trinidad va Tobago, El-Salvador, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Lyusiya, Bagam Orollari Hamdo‘stligi, Dominika Hamdo‘stligi, Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi, Yamayka.

Yangiliklar lentasi
0