O‘zbekiston - musulmon ayollari sayohat qilishi uchun eng qulay mamlakatlar qatoridan joy oldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTuristi osmatrivayut mavzoley Gur Emira v Samarkande
Turisti osmatrivayut mavzoley Gur Emira v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston musulmon ayollari sayohat qilishi uchun eng yaxshi bo‘lgan mamlakatlar reytingining birinchi o‘ntaligiga kirdi.

TOShKENT, 23 okt – Sputnik.  O‘zbekiston musulmon ayollari sayohat qilishi uchun eng yaxshi bo‘lgan mamlakatlar reytingiga kirdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi.

“Mastercard” to‘lov tizimi va “CrescentRating” agentligi tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston musulmon ayol sayyohlar uchun eng qulay mamlakatlar reytingida 8 o‘rinni egallagan. Reyting tuzishda mamlakatdagi xavfsizlik darajasi, diniy ibodatlar va  islomiy liboslarga bo‘lgan bag‘rikenglik darajasi hisobga olingan, - deyilgan xabarda.

“Muslim Women in Travel 2019” hisoboti musulmon ayollar sayohatiga oid jahon miqyosidagi ilk tadqiqot bo‘lib, unda asosan Janubiy-Sharqiy Osiyo mamalakatlaridan 3300 nafar musulmon ayol ishtirok etgan. Musulmon ayollar sayohati jahon turizm bozorida eng tezkor rivojlanayotgan segmentlardan hisoblanadi. Musulmon o‘lkalardagi ayollarning daromadlari oshib borayotgani va ularning ta’lim darajasi yuqorilayotganligi ularni sayohatga chiqishga undamoqda.

2019 yilning 17-oktabr kuni Singapurda o‘tkazilagan “Halal in Travel Asia” sammiti doirasida e’lon qilingan hisobotga muvofiq, O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga a’zo mamlakatlar orasida xavfsizlik va diniy bag‘rikenglik bo‘yicha yuqori 10talikka kirgan edi.

Ushbu reytingning yuqori qatorlarida, shuningdek, Qatar, Ummon, Bruney, Turkiya, BAA, Kuvayt va Maldiv kabi davlatlar egallagan. O‘zbekiston ushbu ro‘yxatning sakkizinchi o‘rnidan joy olgan bo‘lsa, Indoneziya va Malayziya undan keyingi o‘rinlarda kelgan.

Yangiliklar lentasi
0