O‘zbek nonushtasi Xalqaro kulinariya chempionatida g‘olib bo‘ldi

© NUzO‘zbek nonushtasi 2
O‘zbek nonushtasi 2 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy etno-nonushta shartida Jazoir, Mug‘uliston, Ruminiya, Qozog‘iston, Hindiston va O‘zbekistonning mohir oshpazlari bellashdi.

TOShKENT, 8 noyab - Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Lazzatli O‘zbekiston-2019”  xalqaro kulinar chempionatining ilk g‘oliblari aniqlanib kelinyapti. 

Dastlabki tur natijalariga ko‘ra, go‘sht, baliq mahsulotlaridan taom tayyorlash, karving va etno-nonushta yo‘nalishi bo‘yicha ilk musobaqalar g‘oliblari aniqlandi. Milliy etno-nonushta sharti bo‘yicha  Jazoir, Mug‘uliston, Ruminiya, Qozog‘iston, Hindiston, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istondan kelgan mohir oshpazlar bellashdi. Mazkur shartda tayyorlangan 7 turdagi nonushta ta’mlar uyg‘unligidan tashqari,  taomlar xilma-xilligi, taqdim etishdagi kreativlik, tozalik kabi mezonlar asosida xorijiy hakamlar tomonidan baholandi. Har bir nonushtada turli taomlar, issiq choy,  shirinliklar, quruq mevalar taqdim etildi.

© Assotsiatsiya povarov UzbekistanaO‘zbek nonushtasi
O‘zbek nonushtasi Xalqaro kulinariya chempionatida g‘olib bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek nonushtasi

Jazoir nonushtasi xurmodan tayyorlangan turli shirinliklar va dukkakli donlardan tayyorlangan bo‘tqa hamda qahva bilan oltin suvi yuritilgan milliy naqshdagi chinni idishlarda tortilgan bo‘lsa, ruminiyaliklar turli xil meva va murabbolar, quritilgan qo‘zichoq go‘shtidan tayyorlangan kolbasalar, loviya va baqlajondan tayyorlangan ikra, mahalliy uch turdagi pishloq, tariqdan tayyorlangan bo‘tqa bilan milliy kashtalar tushirilgan qizil dasturxonni bezashdi. 

Hind, qozoq va mo‘g‘ul nonushtalari ham hay’at a’zolari tomonidan alohida qayd etildi.

Qoraqalpog‘istonning hududiy nonushtasida qurut, jiyda, dudlangan baliq, quritilgan mevalar, bug‘doy unidan tayyorlangan va sutga qo‘shib iste’mol qilish mumkin bo‘lgan “aqsallak” taqdim etildi.

© Uzbekturizm"Lazzatli O‘zbekiston-2019". Etno-nonushta sharti g‘oliblari.
O‘zbek nonushtasi Xalqaro kulinariya chempionatida g‘olib bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
"Lazzatli O‘zbekiston-2019". Etno-nonushta sharti g‘oliblari.

O‘zbek nonushtasida xo‘l va quruq  mevalar, issiq qat-qat somsa, varaqi, qush tili, murabbolar, issiq non, qaymoq, novvot, go‘shtli o‘ramalar milliy sopol idishlarda, atlas hoshiyali dasturxon ustiga qaynoq ko‘k choy bilan tortildi.

O‘zbek milliy nonushtasida sutli, go‘shtli mahsulotlar, hatto vegetarianlar uchun ham tanovul qilish uchun yeguliklar talay ekanligi hamda taomlarning issiq tortilganligi xorijlik hakamlar tarafidan alohida e’tirof etildi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra, rumin va hind nonushtasi uchinchi, qozoq va aljir nonushtasi ikkinchi, o‘zbek nonushtasi birinchi o‘rinni egalladi.

Yangiliklar lentasi
0