O‘zbekiston 2023-yilga borib xorijiy yosh sayyohlar sonini 3,3 millionga yetkazmoqchi

Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston yoshlarni ichki turizmga jalb qilishda ulkan salohiyatga ega. Bugunga kelib mamlakatda jami 10 915 ko‘ngilochar maskan va turistik obyekt faoliyat ko‘rsatmoqda.

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekiston 2023-yilga borib xorijiy yosh sayyohlar sonini 3,3 millionga yetkazmoqchi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulovning Toshkent shahridagi Wyndham mehmonxonasida O‘zbekiston yoshlari bilan muloqotida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2019-yil mobaynida xorijdagi 4000 dan ortiq yoshlar targ‘ibotga jalb etilgan. Ular bilan hamkorlikda 100 dan ortiq tadbir o‘tkazilib, 60 000 dan ortiq targ‘ibot materiallari tarqatilgan.

Ploshad Registan v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Turizm sohasiga 1,1 milliard dollarlik investitsiya kiritildi

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston yoshlarni ichki turizmga jalb qilishda ulkan salohiyatga ega. Bugunga kelib mamlakatda jami 10 915 ko‘ngilochar maskan va turistik obyekt faoliyat ko‘rsatmoqda. 2020-yilda respublika miqyosida 122 ta tadbir o‘tkazilishi va ularda asosan yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbir doirasida Jamoat tashkilotlari va chet eldagi diasporalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Saidov yig‘ilganlarning e’tiborini Yoshlar turizmini rivojlantirish konsepsiyasiga qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Yoshlar turizmini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan va shu asosda ishlangan loyihalarni amalga oshirish natijasida 2020-2025 yillarda mamlakatda yoshlar turizmini rivojlantirishga oid maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olingan.

“Jumladan, xorijiy yosh sayyohlar sonini 1,3 milliondan 2020-yilda 2,2 millionga, 2023-yilga 3,3 millionga, ichki turizm bo‘yicha yosh sayyohlar tashrifi sonini 8,1 milliondan 2020-yilda 10 millionga, 2023-yilda esa 13,6 millionga yetkazish, 2020-yilda - 20 ta, 2023-yilda 60 ta xalqaro darajadagi tadbir o‘tkazish rejalashtirilgan”, - deyiladi xabar. 

Uchrashuvda yoshlarning turizmga doir yangi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, sohada kadrlar salohiyatini rivojlantirishga oid ma’lumotlar taqdim etildi.

Yangiliklar lentasi
0