“Chorsu” mehmonxonasini Birlashgan arab amirligi kompaniyasi sotib oldi

© E-auksionBivshaya gostinitsa "Chorsu"
Bivshaya gostinitsa Chorsu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birlashgan arab amirligi Ittihad International Investment LLC kompaniyasi “Chorsu” mehmonxonasini 16,9 milliard so‘mga sotib oldi.

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. Birlashgan arab amirligi Ittihad International Investment LLC xususiy sarmoya kompaniyasi “Chorsu” mehmonxonasini 16,9 milliard so‘mga sotib oldi.

Bivshaya gostinitsa Chorsu - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq Chorsu mehmonxonasi 1 so‘mga sotilmoqda

Auksion savdolari 10 soat davom etdi.

“Xaridor ikki yil ichida kamida 25 million kiritishi va 150 yangi ish o‘rinlarini tashkil qilishi zarur. Mehmonxona kamida 3 yulduzli bo‘lishi kerak”, - deyilgan xabarda.

Yangi xaridor 10-yil davomida asosiy ish faoliyatini (mehmonxona xizmati) amalga oshirishi shart.

Eslatib o‘tamiz, “Chorsu” mehmonxonasi 2019-yil sentabrda savdoga qo‘yilgandi. 

Uzoq vaqt davomida ishbilarmon Axmet Demir o‘zining investitsion majburiyatlarini bajarmadi.

2 iyulda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi mehmonxona sotib olish shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida qaror qilgandi.

Demir Group kompaniyasi mehmonxonasini nol qiymatda sotib olgandi. Shartnoma bo‘yicha obyektga kiritilishi lozim bo‘lgan investitsiyalar miqdor 33 million dollar bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0