TOShKENT, 19 fev – Sputnik. Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘zbekiston charter parvozlari tashkil qilgan aviakompaniyalarga davlat tomonidan chegirma berilishini e’lon qildi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
“Biz ommaviy turizmga, charter parvozlarni qabul qilishga tayyormiz. O‘zbekiston charter parvozlar uchun eng katta chegirmalar taklif qilishga tayyor. Maslan 300 kishilik bort uchun yuqori mavsumdada 6 ming past mavsumda 15 ming AQSh dollarigacha chegirma berishga tayyor”, - dedi Abduhakimov.
Shuningdek Abduhakimov O‘zbekistonda kichik aviatsiya, vertolot parvozlari lyuks klassdagi xizmatlar ko‘rsatish rivojlanayotganini ham xabar qildi.
Ma’lumot uchun, yaqinda O‘zbekiston aeroportlarida xizmat narxlaridan 20 % chegirma berilishi haqida e’lon qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi 2-yil davomida O‘zbekiston aviatsiya sohasini monopoliyaning salbiy ta’siridan xoli qilish maqsadida bir qator choralar ko‘rilmoqda. Xususan O‘zbekiston aeroportlarini Milliy aviakompaniya boshqaruvidan chiqarib alohida "Uzbekistan airports" kompaniyasi tashkil qilindi. Undan Tashqari O‘zbekistonda ikkinchi aviakompaniya - Humo Air paydo bo‘ldi. Shuningdek, yaqin orada yana beshta aviakompaniya tashkil qilish rejalashtirilgani ham xabar qilindi.