O‘zbekiston koronavirusdan xoli turistik jozibador mamlakatlar ro‘yxatiga kirdi

© SputnikTuristi v Uzbekistane
Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonni sayohat qilish uchun koronavirusdan xoli, turistik jihatdan jozibador mamlakatlar ro‘yxatiga kiritildi.

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Buyuk Britaniyaning “The Telegraph” gazetasi O‘zbekistonni sayohat qilish uchun koronavirusdan xoli, turistik jihatdan jozibador 19 mamlakat qatoriga qo‘shdi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Televizionniy pult - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi “Turizm 365” telekanalini tashkil etish taklif qilindi

“Telegraph Travel” yozuvchisi Sara Uilerning so‘zlariga ko‘ra, “kattaligi Ispaniyadek keladigan bu davlat, o‘zidan nur va ajib go‘zallikni taratib turadi. Zamonaviy O‘zbekistonda Buyuk Ipak yo‘lining uch buyuk shahri (Buxoro, Xiva va Samarqand) va Tan-Shan tog‘ massivi joylashgan”.

O‘zbekistondan tashqari ushbu ro‘yxatga Argentina, Namibiya, Kuba, Turkiya, Mo‘g‘uliston, Madagaskar, Peru, Maldiv, Malta, Laos, Botsvana, Janubiy Afrika, Chili, Polsha, Kolumbiya, Vengriya, Boliviya va Tanzaniya kabi davlatlar kiritilgan.

Nashrda ta’kidlanishicha, ushbu mamlakatlarda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmagan, shu bilan birga, u yerlarda ko‘rish mumkin bo‘lgan joylar talaygina. 

Yangiliklar lentasi
0