Viruslar kelib ketaveradi, sayohatlar qoladi – Rosturizm

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy aeroport "Simferopol"
Mejdunarodniy aeroport Simferopol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rosturizm, koronavirus tufayli sayyohlar oqimini mamlakat ichidagi tomoshagoh joylarga yo‘naltirishga umid qilmoqda.

TOShKENT, 12 mar - Sputnik. Rossiya turizm sohasi koronavirus bilan bog‘liq salbiy vaziyatni imkon qadar kamroq zarar bilan yakunlaydi, deydi Rosturizm federal agentligi rahbari Zarina Doguzova.

Doguzova aytishiga qaraganda, shu kunlarda turizm, iqtisodning barcha sohalari kabi, oldin yuz bermagan vaziyatga duch kelgan.  

“Ushbu vaziyatdan birinchi navbatda turizm sohasi zarar ko‘rishi turgan gap. Bu biz uchun ham chaqiriqdir. Biz turoperatorlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Bugun barchamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak. Men dunyo va Rossiya koronavirus ustidan g‘alaba qozonishiga ishonaman. Viruslar – kelib ketaveradi, turizm va sayohat qoladi. Men odamlar butun yana dunyo bo‘ylab erkin sayohat qilishni boshlashini intizorlik bilan kutmoqdaman”, - deydi Doguzova.

Rosturizm rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada 1-yanvardan elektron viza ishga tushgan. U butun dunyodan turistlarni ortiqcha rasmiyatchiliklarsiz jalb qilish imkonini beradi. Koronavirus Rossiya turoperatorlari mahalliy sayyohlarga uchun o‘z mamlakatini qaytadan ochib berish imkonini  yaratadi, deydi Doguzova.

Yangiliklar lentasi
0