Hojatxonasi talab darajasida bo‘lmagan zapravkalar faoliyati 1-sentabrda to‘xtatiladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishObyekti proizvodstvennogo obyedineniya "Tatneft" v Respublike Tatarstan
Obyekti proizvodstvennogo obyedineniya Tatneft v Respublike Tatarstan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hojatxonlari talabga javob bermaydigan AYoQShlar faoliyati to‘xtatiladi - pandemiya tufayli kechkitirilgan Hukumat qarori 1-sentabrdan kuchga kiradi.

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Hojatxonasi talab darajasida bo‘lmagan zapravkalar faoliyati 1-sentabrda to‘xtatiladi. Bu haqida Investitsiyalarni jalb qilish va turizm zonalarini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Jo‘rabek Ahmedov 18-avgust kuni  AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda xabar qildi. 

"Pandemiya sababli ko‘p narsalar to‘xtab qoldi, lekin mana yaqinda, 10-iyulda Vazirlar Mahkamasining 433-sonli qarori qabul qilinib, unga asosan, 1-sentabrdan boshlab sanitar-gigiyenik shoxobchalarni talab darajasiga keltirmagan yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatini to‘xtatadi", – dedi Ahmedov.

O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi xorijlik turistlarga va mahalliy mehmonlarga xizmat ko‘rsatadigan infratuzilma obyektlari, turistik axborot markazlari, savdo shaxobchalari va ayniqsa yo‘l bo‘yida joylashgan hojatxonalar ahvolini yaxshilash borasida ko‘rilayotgan choralar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. 

O‘zbekiston Hukumatning o‘tgan yilgi qaroriga asosodan yo‘l bo‘yida joylashgan tunu kun ishlaydigan AYoQShlar 2020-yilning 1-martiga qadar hojatxonlarini  talab darajasiga keltirib qo‘yishlari kerak edi. Lekin pandemiya sabab ushbu qaror talablari bajarilishini kechiktirishga to‘g‘ri keldi. Endi yangi sana - 1-sentabr deb beligilandi. Ushbu muddatga qadar AYoQShlar Vazirlar Mahkamasining 433-sonli qarori talablarini bajarishlari shart. 

 

Yangiliklar lentasi
0