“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonining ilk sohiblari ma’lum bo‘ldi

Obuna bo‘lish
“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni yilda bir marta topshiriladi va sovrindorlar soni 20 nafardan oshmaydi.

TOShKENT, 28 sen - Sputnik. O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun ta’sis etilgan “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonining ilk sohiblari ma’lum bo‘ldi. 

Ushbu ko‘krak nishoni bilan O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ijtimoiy soha va OAV vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar soha rivojiga qo‘shayotgan xizmatlari va faol targ‘ibot ishlari uchun mukofotlanadi.

V svazi s pandemiyey istoricheskie obyekti opusteli - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda turizm qanday jonlanmoqda – foto

Mukofotlar, kecha 27-sentabr xalqaro Turizm kunida topshirildi. 2020 yilda ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar orasida yaponiyalik kinorejisser, turkiyalik mutaxassis, xorijda o‘zbek taomlari restorani ochgan tadbirkor, O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi, bir qator turizm obyektlari va turfirma rahbarlari hamda davlat xizmatchilari bor. Taqdirlarganlarning ro‘yxati bilan batafsil Turizmni rivojlantirish qo‘ymitasi sahifasida tanishish mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu mukofot Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori bilan ta’sis etilgan edi. “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni yilda bir marta topshirilib, sovrindorlar soni 20 nafardan oshmaydi. 

Yangiliklar lentasi
0