Musulmon davlatlari uchun “Al-Buxoriy” xalqaro sputnik telekanalini ochish taklif qilindi

Obuna bo‘lish
Xalqaro islom akademiyasi “Akademik turizm” va “Imams’ tour” ma’rifiy turlarni tashkil etishni taklif qilishdi.

TOShKENT, 25 dek - Sputnik. O‘zbekistonda musulmon davlatlari uchun “Al-Buxoriy” xalqaro sputnik telekanalini ochishni taklif qilindi, deb xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi. 

Ushbu taklif Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Xalqaro Islom akademiyasi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bildirildi. 

Aziz Abduhakimov “Al-Buxoriy” xalqaro sputnik telekanalini ochish va unda musulmon aholisi ko‘p bo‘lgan mamlakatlar tillarida O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini namoyish qilib, targ‘ibot kampaniyasini kuchaytirishni taklif etdi, - deyilgan xabarda.

Xalqaro islom akademiyasi vakillari esa, sohada mavjud imkoniyatlardan ziyorat turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanishni taklif qilishdi.

Xususan, akademiya binolari, konferensiya zallari va talabalar turar joylaridan xorijiy talaba va tadqiqotchilar uchun “Akademik turizm” va MDH davlatlari imomlari uchun “Imams’ tour” ma’rifiy turlarni tashkil etishda samarali foydalanish taklif qilindi.

Mejdunarodnaya islamskaya akademiya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Din haqida ilm beruvchi dunyoviy maskan: xalqaro islom akademiyasi hayotidan reportaj

Shuningdek Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar — Shayxontohur, To‘labek (Qaldirg‘ochbek) hamda Yunusxon maqbaralarida sayyohlarni kirib-chiqish sharoitlarini yanada qulaylashtirish kabi takliflar bildirildi. 

Tadbir yakuniga ko‘ra, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Bundan tashqari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti o‘rtasida Anglashuv memorandumi 

Statistik ma’lumotlarda qayd etilishiga ko‘ra, 2018-2019 yillarda vizasiz rejim joriy etilgan Indoneziyadan tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimi - 170 %, Malayziyadan - 158 %, Turkiyadan – 154 %, BAAdan keluvchi musulmon sayyohlar soni 153 %ga oshgan. 

Undan tashqari “Jahon musulmon sayyohlari indeksi” (Global Muslim Travel Index) reytingida O‘zbekiston 10 pog‘ona (32-o‘rindan 22-o‘ringa) yuqorilab, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar orasida musulmon sayyohlarni jalb qilayotgan “eng jozibador” hamda “xavfsizlik va bag‘rikenglik darajasi yuqori” bo‘lgan 10 mamlakat qatoridan o‘rin olgan.

Yangiliklar lentasi
0