7 avgust kuni kechqurun respublika GNKB spesnazi sobiq prezidentning Koy-Tash posolkasidagi qarorgohini shturm qilishga harakat qildi, ammo operatsiya boy berildi. Atambayevning tarafdorlari nafaqat shturmga qarshilik ko‘rsata olishdi, balki bir necha spesnazlarni asir olishga ham muvaffaq bo‘ldilar.

8 avgustda Qirg‘iziston parlamentining favqulodda yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda kuch tuzilmalari harakatiga huquqiy baho berildi, shuningdek, sobiq davlat rahbari va qurol yordamida qarshilik ko‘rsatgan uning tarafdorlariga qarshi ayblovlar ilgari surildi.

Qarorgohi ikkinchi marta shturm qilingach, Atambayev hukumatga taslim bo‘ldi va ayni vaqtda Qirg‘iziston GNKB tergov qo‘mitasida saqlanmoqda.

Sobiq prezident tarafdorlari Bishkek markazida miting uyushtirishga harakat qildilar, ammo tartibni saqlash kuchlari tomonidan ushbu noqonuniy aksiyaning oldi olindi.

Atambayev qarorgohi oldida politsiyachilar bilan yuz bergan to‘qnashuv davomida umumiy hisobda 90 ga yaqin kishi jabrlandi. Spesnaz qo‘shinlaridan biri o‘q bilan yaralanishi oqibatida halok bo‘ldi.

Maqola
Davrda
yana 20 ta material
  • Haftada
  • Oyda
  • Yilda
  • Hamma vaqt uchun
Yangiliklar lentasi
0