Toshkentda motomavsum ochilish tadbiridan video lavha

Obuna bo‘lish
Toshkentdagi NEXT savdo markazida motomavsum ochilishiga bag‘ishlangan xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekistonning barcha shaharlaridan, shuningdek, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan kelgan 200 dan ortiq baykerlar ishtirok etdilar.

Motomavsum ochilishi xayriya tadbir sifatida o‘tkazildi. Mehmon sifatida bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oilalar bolalari ham taklif etildi.

Motomavsumning ochilish marosimida Bo‘ka tumanidagi 15-sonli bolalar uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar, ular orasida "Ti super! Tansi" tanlov loyihasi ishtirokchilari — Nastasiya Molokova, Durdona Irgasheva i Monika Dodarbekovalar bor edi.

Qizlar chiqishi mehmonlarning gulduros olqishiga sazovor bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0