Nazarboyev: o‘zbek-qozoq munosabatlarining yangi bosqichini kuzatmoqdamiz

Obuna bo‘lish
Ostonada bir nechta xorijiy davlatlar elchilarining ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosi bo‘lib o‘tdi. Ular ichida Qozog‘istondagi O‘zbekiston diplomatik missiyasi yangi rahbari Saidakrom Niyozxo‘jayev ishtirok etdi.

Shu bilan birga, Qozog‘iston prezidentiga Rossiya, Turkmaniston va Italiya elchilari ishonch yorliqlarini topshirishdi.

Nursulton Nazarboyev o‘z nutqida O‘zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning harakatlari tufayli o‘zbek-qozoq munosabatlari yanada yuqori darajaga ko‘tarilganligini ta’kidlab o‘tdi.

"O‘rtamizda o‘zaro davlat tashriflari amalga oshirildi. Shuningdek, bu yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili deb e’lon qilindi. Muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning siyosati tufayli biz ikki tomonlama munosabatlarimizda yangi sahifani ochdik, oxirgi paytlarda o‘zaro tovar aylanuvi ko‘rsatkichlari 30 %ga ko‘paydi", — deb ta’kidladi Qozog‘iston yetakchisi.

Yangiliklar lentasi
0