"Men terimni oqartirmaganman" - Maykl Jekson so‘roq qilingan video

Obuna bo‘lish
Internet tarmog‘ida pop-musiqa qiroli Maykl Jekson so‘roq qilingan va shu vaqtgacha hech qayerda e’lon qilinmagan qo‘shiqchining pedofiliyaga aloqadorligi borasidagi so‘roq videosi paydo bo‘ldi. So‘roq vaqtida u shuningdek, ishga taalluqli bo‘lmagan arizalarni ham o‘qib eshittiradi

Video 1996-yil 1-mart sanasida Nyu-Yorkdagi Four Seasons otelida suratga olingan, rolik britaniyaning The Daily Mail nashri tomonidan ommaga e’lon qilingan.

Xabar qilinishicha, bu afsonaviy artistning voyaga yetmagan Jordan Chendler, Brett Barns va "Uyda yolg‘iz" filmi yulduzi Makoley Kalkinlarni tahqirlaganligi ehtimoli bilan so‘roq qilingani muhrlangan yagona videoyozuvdir. Bolalarning hammasi Jeksonning "Neverlend" ranchosida tez-tez mehmon bo‘lganlar.

Video-yozuvda o‘sha vaqtda 37 yoshda bo‘lgan mashhur xonanda pedofiliya (bachabozlik) to‘g‘risidagi savollarga javob berishga majbur bo‘lgan. U asabiylashib, gap orasida ko‘p kuladi.

Jekson barcha ayblovlarni rad etadi va odamlar unga tuhmat qilish uchun turli uydirmalarni to‘qishni bas qilishmayotganini aytadi.

"Sen haqingda aql bovar qilmas voqealarni to‘qib chiqarishganida, o‘zing haqingda haqiqatni gapirishni, rost intervyu berishni juda-juda istaysan. O‘zim haqimda bor haqiqatni yozishni istardim. Odamlar menga tuhmat qilishdan to‘xtashmayapti, qolganlar esa bunga ishonmoqda. Inson bilan yuzma-yuz gaplashmay turib, u haqida xulosa chiqarmang", - deydi Jekson.

Maykl shuningdek, o‘z arizasidan bir nechta iqtiboslarni o‘qib berib, o‘sha vaqtda o‘zi haqida yurgan afsonalarga oydinlik kiritadi.

Xususan, terisini oqartirmaganini va gey emasligini aytadi.

So‘roq yakunida esa yuristlar tomonidan berilgan noqulay savollarga Iso payg‘ambardan iqtibos keltiradi.

"Iso aytardiki, bolalarni yaxshi ko‘ring va ularga o‘xshashga intiling. Xuddi ular kabi beg‘ubor, toza va to‘g‘riso‘z bo‘ling. U hamisha bolalar qurshovida yurgan. Meni ham xuddi shunday tarbiyalashgan va shu bois, men bir umr ularga o‘xshashga harakat qilaman", - deydi Jekson video yakunida.

Maykl Jekson — dunyo tarixidagi eng muvaffaqiyatli xonanda hisoblanadi. Ginnes rekordlar kitobiga 25 marotaba kiritilgan va 15-marta "Gremmi" mukofotini olgan. 2009-yilda 50 yoshida dorilar peredozirovkasidan hayotdan ko‘z yumgan.

Yangiliklar lentasi
0