Buni qayerga suqish kerak: AYoQShdagi mallasoch ayol

Obuna bo‘lish
Yonilg‘i quyish shaxobchasiga kelgan ayol benzin quyish moslamasini avtomobilning qaysi joyiga suqish kerakligini topa olmay uzoq vaqt ovora bo‘ldi.

Uning ortida navbat kutib turgan avtomobil haydovchisi suratga olgan video Internetga ko‘plab kulguli izohlar jamladi.

Qizig‘i shundaki, sariq sochli ayol minib kelgan avtomobil - Tesla Model S, ya’ni elektromobil.

Benzinli avtomobilga dizel yonilg‘isi quygan (yoki aksincha) ayollar haqida ko‘p marotaba eshitganmiz, lekin elektrli avtomobilga benzin quymoqchi bo‘lgan birinchi ayol shu kishi bo‘lsa ajab emas.

Yangiliklar lentasi
0