Sevishganlar kuni emas, Bobur tug‘ilgan kuni: o‘zbekistonliklar videorolik tayyorlashdi

Obuna bo‘lish
Prjanoff nik ostidagi internet foydalanuvchisi yangi videorolik e’lon qildi.

Bu video ostida o‘zbekistonliklar ko‘p izohlar yozishmoqda.

“Qoyil qoldim, mana bu akamiz isbotlabdi. Sevishganlar kuni emas bizda, Bobur bobomizni tug‘ilgan kuni”, - deb yozgan Botirjon Boboqulov.

Karim Raximov esa “ijodizga omad, shunga o‘xshagan videolarni kutib qolamiz” deb yozgan.

Hozirgi vaqtda bu video 20 mingdan ortiq marta ko‘rilib, 1,7 ming layk to‘plashga ulgurdi.

14 fevral kuni Valentin (sevishganlar) kuni AQSh, Avstraliya, Yaponiya va Yevropaning ko‘p davlatlarida nishonlanadi.

Saudiya Arabistonida esa bu bayram taqiqlangan bo‘lib, uni nishonlagan shaxslarga katta jarimalar qo‘llanilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0