Hindistonda ikki oyoqli buzoq tug‘ildi

Obuna bo‘lish
Kalappa ismli fermer ikki oyoqli buzoqchaning onasi kichkintoyni emiza olmasligidan qattiq havotirda

Hayvon o‘zi mustaqil ravishda harakatlana olmaydi, kichkintoy deyarli kun bo‘yi yotadi va hatto o‘rnidan qo‘zg‘alishga harakat qilmaydi. Erkak uni shishacha yordamida oziqlantiradi.

Fermer buzoqchani ikki oyoqda harakatlanishga o‘rgatishga umid qilmoqda, ammo hozircha kichkintoy bu harakatlarni uddalay olmaydi. Hozir u odamlar yordamida ikki oyoqda ikki soniya joyida qotib tura oladi, xolos.

Sigir - Hindistonda muqaddas jonivor, boquvchi sanaladi. Afsonalarga ko‘ra, sigir barcha orzularni amalga oshira oladi, shu bois, jonivorni boqishadi, hurmat qilishadi, jamoat joylardan haydab solishmaydi, bundan tashqari, mol go‘shti Hindistonda ovqatda ishlatilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0