Yevrokomissiya rahbari Ruandaning birinchi xonimini yoqib yuborishiga oz qoldi – video

Obuna bo‘lish
Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Ruanda birinchi xonimini yoqib yuborishiga oz qoldi.

RT xabar berishicha, 7-aprel kuni Kigalida xotira majmuasi ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tantanali marosim Ruandada sodir bo‘lgan genotsidning 25-yilligiga bag‘ishlangan, unda 800 ming kishi halok bo‘ldi.

Tantanada Ruanda prezidenti Pol Kagame va uning rafiqasi Jannett va YeK rahbari Yunker ishtirok etib, “Ishonch alangasi” xotira majmuasiga olov qo‘yishdi.

Keyin Yunker qo‘lida ushlab turgan mash’al bilan noqulay tarzda burildi va prezident rafiqasiga tegib ketishiga ozgina qoldi.  

Xavfsizlik xodimlari shu zahoti siyosatchi qo‘lidan yonayotgan mash’alni olib qo‘yishdi.

Yangiliklar lentasi
0