Ko‘ksaroy qarorgohida Mun Chje Inni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In 18-aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi.

Ko‘ksaroy qarorgohida Koreya Respublikasi prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In shohsupaga ko‘tarildilar. Har ikki davlat madhiyasi yangradi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlarining Ko‘ksaroydagi muzokaralarida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.  

Imzolash uchun salmoqli hujjatlar to‘plami tayyorlangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida alohida strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0