Moskvada “Islom davlati” terrorchilarining yirik homiysi qo‘lga olindi – video

Obuna bo‘lish
Federal xavfsizlik xizmati Moskvada “Islom davlati” uyushmasi terrorchilarining yirik homiysini qo‘lga oldi. U 2015-yildan boshlab Suriyadagi terrorchilarning bank kartalariga 50 million rubl pul o‘tkazib bergan.

Qo‘lga olingan shaxs – Guyev Georgiy Ruslanovich, Shimoliy Osetiyada tug‘ilgan.

Tergov ishida ma’lum bo‘lishicha, Guyevdan moddiy yordam olgan jangarilar “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi safida Suriya hududida urush qilgan.

FXXga ko‘ra, Guyev “Muxajirun” islom jamg‘armasi asoschisi Isroil Axmednabiyevga (terrorizm uchun qidiruvga berilgan) pul jo‘natgan.

Aniqlanishicha, pullar terrorchilik harakatlarini tayyorlash va amalga oshirish uchun sarflangan.

Guyevning uyida o‘tkazilgan tintuv vaqtida ekstremistik adabiyotlar, ko‘plab bank kartalari va “ID” boshliqlarining yo‘qnomalari yozilgan mobil telefonlar topilgan.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0