Afsonalar “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan o‘yinda maydonga tushishdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMatch pamati futbolnoy komandi "Paxtakor-79" v Tashkente
Match pamati futbolnoy komandi Paxtakor-79 v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan badiiy dastur va o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Sobiq SSSR terma jamoasi va “Paxtakor” jamoasi afsonalari o‘zaro bahs olib borishdi.

Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan badiiy dastur va o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Sobiq SSSR terma jamoasi va “Paxtakor” jamoasi afsonalari o‘zaro bahs olib borishdi.

Uchrashuvdan avval 1979-yil 11-avgust kuni aviahalokat natijasida hayotdan ko‘z yumgan futbolchilar xotirasiga bag‘ishlab badiiy dastur namoyish etildi. Unda jamoa a’zolarini yodga oladigan chiqishlar va qo‘shiqlar ijro etildi. “Golos.Deti” loyihasining ikkinchi mavsumi g‘olibasiga Sabina Mustayeva sportchilar xotirasiga bag‘ishlab, “Ole-Ole!” qo‘shig‘ini ijro etdi. Tanaffus chog‘ida “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga atab ishlangan turli videoroliklar namoyish etib turildi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVeterani futbolnogo kluba "Paxtakor" vo vremya matcha pamati v Tashkente
Afsonalar “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan o‘yinda maydonga tushishdi - Sputnik O‘zbekiston
Veterani futbolnogo kluba "Paxtakor" vo vremya matcha pamati v Tashkente

Kirish chiptalari stadion oldida bepul tarqatildi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSbornaya SSSR vo vremya matcha pamati futbolnoy komandi "Paxtakor-79"
Afsonalar “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan o‘yinda maydonga tushishdi - Sputnik O‘zbekiston
Sbornaya SSSR vo vremya matcha pamati futbolnoy komandi "Paxtakor-79"

Har ikki jamoa a’zolari mahoratlari haligacha yuqori ekanini ko‘rsatishga intilishdi. Bellashuv do‘stona 4:4 hisobida yakunlandi. "Paxtakor"dan Azamat Abduraimov, sobiq SSSRdan Igor Belanov xet-trikka erishdi. Ravshan Bozorov va Dmitriy Kuznetsov hisobiga esa bittadan gol yozildi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFutbolist Mirdjalol Kasimov vo vremya matcha pamati "Paxtakor-79"
Afsonalar “Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan o‘yinda maydonga tushishdi - Sputnik O‘zbekiston
Futbolist Mirdjalol Kasimov vo vremya matcha pamati "Paxtakor-79"

Hakamlar: B.Haydarov, K.Smirnov, B.Tog‘ayev, Sh.Po‘latov.

Sputnik O‘zbekiston tayyorlagan lavhada o‘yinning yorqin lahzalarini tomosha qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0