O‘zbekiston tankchilari final bahsida - translyatsiya yakunlandi

Obuna bo‘lish
Finalda O‘zbekiston, Vyetnam, Kuba va Uganda harbiylari ishtirok etadi.

O‘zbekiston tankchilari “Tank biatloni” ikkinchi divizioni final bosqichida ishtirok etadi.   

13 avgust kuni “Tank biatloni”da 4-chi yarim final bosqichida O‘zbekiston jamoasi eng yaxshi natija ko‘rsatib, final bosqichiga yo‘l olgandi. O‘zbekiston tankchilar 2 soat 37 soniyada finishga yetib keldi, o‘yin davomida 10 ta nishon yakson qilindi.

Bugungi bellashuvda O‘zbekiston, Vyetnam, Kuba va Uganda harbiylari jangovar mahoratlarini namoyish qiladi.

Musobaqada T-72 B-3 tankini boshqarish, to‘siqlardan o‘tish, belgilangan nishonlarni yakson qilish va imkon qadar qisqa muddatda finish chizig‘iga yetib kelish vazifasini amalga oshirishdi.

Eslatib o‘tamiz, 3-17 avgust kunlari Moskva viloyatining Alabino poligonida “Tank biatloni” musobaqasi o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston tankchilari bu musobaqada birinchi marta ishtirok etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0