Hindistonda "Toshbo‘ron" bayramida yuzlab kishilar jarohatlandi

Obuna bo‘lish
Hindistonda ikki qishloq aholisi har yili bir-birini toshbo‘ron qiladi - bu shunday an’ana.

Bunday antiqa festival dunyoning hech bir mamlakatida bo‘lmasa kerak. Hindiston shimolida joylashgan ikki qishloq aholisi har yil avgust oyining oxirida bir-birlarini toshbo‘ron qilishadi.

Gotmar Mela deb nom olgan ushbu festivalda har yili bir necha yuzlab kishiar jarohatlanadi, oldingi yillarda hatto qurbonlar ham bo‘lgan, lekin shunga qaramasdan ushbu an’ana yildan yilga davom etib kelmoqda.

Afsonaga ko‘ra, ushbu bayram 300-yil oldin paydo bo‘lgan. Bir daroning ikki qirg‘og‘ida joylashgan Pandxurna va Savargaon nomli  qishloqlar bo‘lgan. Pandxurna qishlog‘i hukmdori Savargaon qishlog‘i hukmdorining juda go‘zal qizi borligidan xabar topadi va tunda uni o‘g‘irlab qochadi. Bundan xabar topgan Savargaon qishlog‘i aholisi unga tosh ota boshlashadi. Pandxurnaliklar esa, o‘z hukmdorini himoya qilish maqsadida Savargaonliklarga qarshi tosh ota boshlaydi. Natijada Pandxurna hukmdori o‘zining bo‘lajak rafiqasi bilan o‘z qirg‘og‘iga yetib oladi.

Yangiliklar lentasi
0