Registonda ajoyib tomosha - "Sharq taronalari" ochilish marosimidan video

Obuna bo‘lish
"Sharq taronalari" festivalining ochilish marosimi qanday o‘tganini videolavhamizda tomosha qiling.

Samarqandda 26-avgust kuni “Sharq taronalari” xalqaro musiqiy festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda YuNESKO bosh direktori Odri Azule nutq so‘zladi.  

Shavkat Mirziyoyev festivalga tashrif buyurgan mehmonlarni qutlab, “Sharq taronalari” dinlar va millatlarni birlashtirmoqda dedi. 

YuNESKO bosh direktori Odri Azule esa, Samarqandning boy tarixi va Registon maydonining ulug‘vor ko‘rkidan xayratlanib, tarixga sayohat qilish uchun Samarqand nomini eshitish kifoya dedi. 

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Samarqandda “Sharq Taronalari” musiqiy festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 75 mamlakatdan 340 nafar mehmonlar ishtirok etishmoqda.

Festival doirasida ochiq konsertlar, ijodiy uchrashuvlar, ilmiy anjumanlar, davra suhbatlari va master-klasslar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0