Qaytimi kerakmas - Putin Erdo‘g‘onga muzqaymoq olib berdi

Obuna bo‘lish
MAKS-2019 ko‘rgazmasida Putin Erdo‘g‘onni va boshqa mehmonlarni muzqaymoq bilan siyladi.

TOShKENT, 28 avg - Sputnik. Moskva viloyatidagi bo‘lib o‘tayotgan MAKS-2019 aviatsiya ko‘rgazmasiga bo‘lgan tashrif davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Toyyib Erdo‘g‘onni muzqaymoq bilan siyladi. 

Do‘konga yaqinlasharkan Rossiya prezidenti sotuvda qanday muzqaymoqlar borligi bilan qiziqdi.

- Muzqaymoqning har xili bor: plombir, shokoladli, qaymoqli, pistali, vologdaning vanilli muzqaymoqlari bor, - dedi sotuvchi. 

- Vologdaning muzqaymog‘idan bering, dedi Putin va uni Erdo‘g‘onga tutqazdi. Shundan so‘ng Rossiya prezidenti o‘ziga ham muzqaymoq tanlab oldi. 

- Men uchun ham to‘laysanmi, deb Erdo‘g‘on hazilomuz Putinga yuzlandi. 

- Albatta to‘layman, axir siz mening mehmonimsiz, deb unga javob berdi Putin.

- 210 so‘m bo‘ladi, - dedi sotuvchi.

Putin sotuvchiga 5000 so‘m berib - qaytimini ana unga bering, sohani rivojlantirish uchun, - deb Rossiya sanoat vaziri Denis Manturovni ko‘rsatdi. 

MAKS ko‘rgazmalari davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun muzqaymoq sotib olish o‘ziga xos an’anaga aylanib qolgan. Rossiya prezidenti har safar ko‘rgazmani tomosha qilganidan so‘ng o‘z mehmonlarini muzqaymoq bilan siylaydi. Bu safar ham shunday bo‘ldi. 

 

Yangiliklar lentasi
0