Moskva-Sitida yangi dorbozlik rekordi o‘rnatildi

Obuna bo‘lish
Yetti nafar sportchilar Moskva-Citida qurilgan ikki ulkan osmono‘par binolar orasida 350 metr balandlikda tortilgan tros ustidan yurib o‘tib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Moskvada Haylayn – balandlikda tortilgan tros ustida yurish bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Sportchilar Moskva-Sitining ikkita eng baland osmono‘par binolari OKO va Neva Tauyers  orasidagi 214 metr masofani yerdan 350 metr balandlikda tortilgan tros ustidan yurib o‘tishdi.

Masofani eng birinchi bo‘lib germaniyalik ekstremal sportchi Fridi Kune bosib o‘tdi va ning natijasi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Shundan so‘ng yana 6 nafar sportchi ushbu masofani bosib o‘tishdi. Ularning nomlari ham Ginnes kitobiga kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham Moskva-Sitidagi ushbu binolar orasida Haylayn bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tgan edi, lekin unda tros 100 metr pastda tortilgan edi.

Keyinroq Kune o‘z instagramida quyidagi videoni joylashtirdi. 

Yangiliklar lentasi
0