Amir Temur ko‘chasida haydovchilar yo‘lovchilarni mensimayapti

Obuna bo‘lish
Shu bois, farzandlarini bog‘chaga yoki maktabga olib kelib, olib ketayotgan ota-onalar, yoki boshqa yo‘lovchilar piyodalar yo‘lagidan o‘tayotganda, mashinalarga qarata qo‘llarini siltab. svetoforni ko‘rsatishga majbur bo‘lmoqda

Toshkent shahri Yunusobod tumani Amir Temur shox ko‘chasida piyodalar harakatlanishi xavfli bo‘lib qoldi.

Ilgariroq, Yunusobod tumani Amir Temur shox ko‘chasining jinoiy ishlar bo‘yicha tuman sudi qismi metroning Yunusobod liniyasi qurilishi munosabati bilan 1-dekabrga qadar qisman yopilishi e’lon qilingan edi.

Ayni vaqtda ikki tomonlama harakat vaqtinchalik yo‘lning bir tomonida amalga oshirilmoqda.

Sputnik O‘zbekiston muxbirining aytishicha, uchinchi kundirki, piyodalar piyodalar yo‘lakchasida o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Yo‘lni kesib o‘tish - xavfli truklarni bajarish bilan teng bo‘lib qoldi.

Haydovchilar yashil chiroqni inkor etmoqda, piyodalar uchun yashil chiroq yonganida tezlikni pasaytirishni xayoliga ham keltirmayapti. Piyodalar uchun yashil chiroq yonganida yo‘l kesib o‘tishga jazm qilganlarga qarata to‘xtovsiz signal chalmoqda. Ayrimlari, hatto piyodalarni haqorat qilishgacha bormoqda.

Odamlar nima qilishni bilmay, to‘xtashi bilan, ularning yo‘lini kesib o‘tmoqda.

Shu bois, farzandlarini bog‘chaga yoki maktabga olib kelib, olib ketayotgan ota-onalar, yoki boshqa yo‘lovchilar piyodalar yo‘lagidan o‘tayotganda, mashinalarga qarata qo‘llarini siltab, svetoforni ko‘rsatishga majbur bo‘lmoqda.

Toshkent shahar IIBB YHXB ushbu vaziyatni nazoratga oladi, deb umid qilamiz.

Yangiliklar lentasi
0