Fransiya Turkiyani NATOdan chiqarishni taklif qildi

Obuna bo‘lish
AQSh Turkiyani Suriya shimolida amaliyotni to‘xtatishga ko‘ndirdi. Biroq “Tinchlik bulog‘i” NATOni ichidan yorishni davom etmoqda.

Fransiyaning “Milliy birlashma” partiyasi rahbari Marin Le Pen Turkiyaning kurdlarga qarshi harakatlari tufayli NATOdan chiqarilishini taklif qildi.

Shimoliy Atlantika ittifoqining kelajagi Fransiya prezidenti Emmanuel Makronda ham shubha tug‘dirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada ro‘y bergan hodisalar G‘arb va NATOning qo‘pol hatosi bo‘ldi.

“O‘ylaymanki, uzoq vaqt davomida biz bilan kurashgan sheriklar orasida obro‘yimizni pasaytirdi. Menimcha, bu NATO faoliyatiga shubha tug‘diradi”, - dedi Fransiya yetakchisi.

Bunday sharoitda Alyansni kelajakda nimani kutmoqda va bu jiddiy ichki inqirozdan omon chiqadimi – bu savollar Erdog‘anning Sochiga Rossiya prezident Vladimir Putin bilan uchrashuv arafasida ekspertlarni qiziqtirmoqda.

Bundan avval Turkiya rahbari Anqara Moskva bilan munosabatlarni chuqurlashtirish va harbiy hamkorlikni rivojlantirish istagi haqida bir necha bor aytgan edi. Ayniqsa,  Rossiya Yaqin Sharqdagi asosiy o‘yinchi hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0