Habibni kutib olish uchun minglab muxlislar aeroportga chiqdi - video

Obuna bo‘lish
Yengil vaznda UFC jahon chempioni Habib Nurmagomedovni kecha Toshkentga keldi. Uni kutib olish uchun tun bo‘lishiga qaramasdan ko‘p sonli muxlislar Toshkent aerportiga chiqishdi.

Mehmonlar aeroportdan chiqish vaqti ularni o‘zbekona karnay-surnay, jurnalistlar va yuzlab muxlislar kutib olishdi. Habib va uning otasi Abdulmanap Nurmagomedov uchun ularni bunday kutib olishlari kutilmagan, lekin yoqimli vaziyat bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi.

Nufuzli mehmonni kutib olish uchun aeroportga O‘zbekiston Jismoniy tarbiya vaziri Dilmurod Nabiyev va boshqa mutasaddilar ham chiqishdi.

Eshiklar ortidan Habib ko‘ringan zamon, muxlislar “Habib, habib” deya baqirishga tushishdi. Qo‘riqchilar mehmonlarni bir amallab odamlar orasidan olib o‘tib mashinalarga mindirishdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 23-noyabr kuni GFC 20 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda Habibning amikisining o‘g‘li Umar Nurmagomedov ham ishtirok etadi. Habib ushbu bellashuvda taklif qilingan nufuzli mehmon sifatida ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0