"O‘zbekiston - Xitoy" o‘yinining eng yorqin lahzalari

Obuna bo‘lish
Xitoy ustidan erishilgan g‘alaba tufayli O‘zbekiston jamoasi guruhda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi va 4 ochko jamladi.

Kecha tailandda bo‘lib o‘tgan "O‘zbekiston - Xitoy" o‘yinida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoy ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozongan edi. Ushbu o‘yinda birinchi gol muallifi Qobilov, ikkinchi gol muallifi esa - To‘xtasinov bo‘lgan edi, O‘FA xabariga asosan. 

Xitoy ustidan erishilgan g‘alaba tufayli O‘zbekiston jamoasi guruhda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi va 4 ochko jamladi.

Ayni damda U-23 Osiyo chempionatida birinchi o‘rinda Janubiy Koreya 6 ochko bilan birinchi o‘rinda. Kecha koreyaliklar Eron ustidan 2:1 hisobida mashaqqatli g‘alabaga erishishdi.

Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichining eng so‘nggi o‘yinida Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston jamoasi Janubiy Koreya bilan uchrashadi.

 

Yangiliklar lentasi
0