Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tantanalari – video

Obuna bo‘lish
Estrada yulduzlari, opera va balet artistlari hamda O‘zbekistogn Qurolli kuchlari ansambli ishtirokidagi bayram dasturining eng yorqin lahzalari.

O‘zbekistonda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbirlar katta tantana bilan o‘tdi. Barcha shaharlarda turli ko‘rgazmalar, harbiy texnika namoyishlarib paradlar va boshqa vatanparvarlik aksiyalari bo‘lib o‘tdi.

Eng katta bayram tantanasi Toshkentdagi Xalqlar Do‘stligi saroyida bo‘lib o‘tdi. Unda estrada yulduzlari, opera va balet artistlari hamda O‘zbekistogn Qurolli kuchlari ansambllari ishtirok etdi.

Kecha boshida barchani bayram bilan O‘zbekiston Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov tabrikladi.Vazir O‘zbekiston prezidentining tabrik so‘zini o‘qib berdi.

Bayram dasturida klassik musiqa namunalari bilan birgalikda harbiy xor hamda harbiy-vatanparvar qo‘shiqlar ham jarangladi. Qilichlar bilan ijro etilgan raqsa esa barchaning esida qoldi.

Sputnik muxbiri tayyorlagan videolavhada kechaning eng yorqin lahzalarini tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0