Murodjon Ahmadaliyevning yulduzli onlari: chempion qanday kutib olindi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston boks sporti tarixida ilk marotaba WBA va IBF yo‘nalishlarida g‘alaba qozongan Murodjon Ahmadaliyevni milliy qahramon sifatida kutib olishdi.

Toshkent aeroportida Murodjon Ahmadaliyevni kutish olish uchun nafaqat rasmiylar, yaqinlari va do‘stlari, balki yuzlab muxlislari ham kelishdi.

Olimpiya shon-shuhrati muzeyida sportchini erishgan g‘alabasi uchun taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Nagrajdenie boksera Murodjona Axmadaliyeva   - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Murodjon Ahmadaliyevga Tracker va uch xonali uy sovg‘a qildi - foto

O‘zbekiston chempioniga respublika bosh vaziri Abdulla Aripovning shaxsan o‘zi “O‘zbekiston faxri” medalini topshirdi. U sportchining ota-onasiga ulg‘aytirgan o‘g‘li uchun minnatdorchilik bildirdi va bu g‘alaba butun O‘zbekiston uchun muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, bosh vazir bokschiga prezident sovg‘asi sifatida “Tracker” avtomobili hamda Toshkent shahridan uch xonali uy kalitini taqdim etdi.

“O‘zbekiston yoshlari mendan o‘rnak olayotganidan men faxrlanib, xursand bo‘laman. Xudo xohlasa, oldimda juda katta maqsadlarim bor. Butun o‘zbek xalqini, murabbiylarimni g‘alabarim bilan xursand qilaman”, - dedi  Murodjon Ahmadaliyev.

Chempion qanday kutib olinganini Sputnik videolavhasida batafsil tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0