“Lag‘monlar lag‘moni”: O‘zbek oshpazlari Qozog‘iston rekordini yangiladi

Obuna bo‘lish
Moskvadagi “Tubeteyka” xalqaro madaniyat festivalida o‘zbekistonlik oshpazlar dunyodagi eng katta lag‘mon tayyorlash bo‘yicha rekord o‘rnatishdi. Ular tayyorlagan lag‘monning og‘irligi qariyb 798 kilogrammni tashkil etdi.

Moskvadagi “Tubeteyka”  xalqaro madaniyat festivalida taniqli o‘zbekistonlik oshpaz   Hakim G‘aniyev boshchiligida oshpazlar eng katta lag‘mon tayyorlash bo‘yicha rekord o‘rnatishdi.

“Tubeteyka” xalq amaliy sanati festivali bo‘lib, unda turli xalqlarning madaniy merosiga bag‘ishlangan loyiha hisoblanadi. Bu loyiha o‘z mahoratini namoyish etishga, mehmonlarga o‘z xalqlarining madaniyati va tarixini ko‘rsatishga tayyor bo‘lgan mamlakatlarning hunarmandlarini bir joyga jamlashga imkon beradi.

Prigotovlenie rekordnogo sumalyaka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
8 tonnalik sumalak rekord emas, xayriya uchun pishirildi

“Interrekord” rekordlarni qayd etish agentligi tayyorlangan og‘irligi 797 kilogrammu 750 gramm bo‘lgan o‘zbek lag‘monin rasman qayd etdi. Bu besh yil oldin Qozog‘iston o‘rnatgan rekordni yangilandi. O‘shanda Olmaotada tayyorlangan lag‘monning og‘irligi 687 kilogrammni tashkil etgan edi.

Festival tashkilotchisi Fotima Orifjonovaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu lag‘mon kamida ming kishiga yetadi. Aytgancha, lag‘monning bir qismi Toshkentga olib borilib, mehribonlik uylariga tarqatiladi.

Batafsil Sputnik videolavhasida.

Yangiliklar lentasi
0