AQSh prezidentligiga nomzod singlisini xotini bilan adashtirib yubordi – video

Obuna bo‘lish
AQSh Demokratik partiyasidan prezidentlikka ehtimoliy nomzod Jo Bayden juda noqulay vaziyatga tushib qoldi.

Nomzod Jo Bayden saylovchilar oldida chiqish qila turib, singlisini rafiqasi sifatida tanishtirib yubordi.

Sobiq AQSh vitse-prezidenti o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Ayollarni o‘z joylarini almashtirib, uni chalg‘itishganini aytib hazil qildi.

Prezident SShA Donald Tramp s jenoy Melaniyey sadatsya v vertolet na lujayke pered Belim domom, Vashington - Sputnik O‘zbekiston
Tramp vertolotga chiqishdan oldin rafiqasini “unutdi” - video

Noqulay vaziyat muhrlangan kadrlar video internet olami bo‘ylab tarqalib ketdi.

Foydalanuvchilar turlicha munosabat bildirishdi: kimdir Baydenning xotiniga erini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun tahsin o‘qidi, yana kimdir nomzod 77 yoshdaligini eslatib, buni keksalikka yo‘ygan.

Siyosatchi noqulay vaziyatni bartaraf etishga urgurmayoq, yana bir ko‘ngilsiz holat ro‘y berdi. Sahnaga Baydenga qarshi bo‘lgan ayol, plakat ko‘tarib chiqdi.

Yangiliklar lentasi
0